Respublika boʻyicha barcha joylarda yomgʻir yogʻdi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻldi. Baland togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylandi.
Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchaydi, ayrim punktlarda esa kuchayish 22-25 m/s gacha boʻldi.
Bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha havoning oʻzgarib turishi, yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunning oʻrtasiga kelib, markaziy va sharqiy hududlarda havo 15-17° iliqqacha, shimoliy va janubiy hududlarda 20-25° iliqqacha isiydi.
6-aprelda respublikaning shimoliy hududlariga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-20° iliqqacha isiydi va meʼyoriy qiymatlarga yaqinlashadi.
7-9-aprelda iliq havo massalari Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Markaziy, sharqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23-26° iliqqacha, shimolda va janubda 27-32° iliqqacha asta-sekin koʻtariladi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-3° ga koʻpdir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi
5-9-aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 1 600 metrdan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor.
Ushbu haftada havo iliq va quyoshli boʻladi
4-aprelda kunduz va 5-aprelda kechasi Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keldi.
Mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirildi
- FVV qutqaruvchisi xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi
- Oʻzbekistonda fuqarolar murojaatlarini tahlil qilishda sunʼiy intellektdan foydalaniladi
- Mustaqillik: Yangi Oʻzbekiston konstitutsiyasi va inson huquqlari
- Dorilamon kunlar saodati
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi