Uchrashuvda 9-iyulda muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan Prezident saylovi jarayonlari qizgʻin muhokama etildi. Oʻz navbatida, Eva Ernst-Dzedzich mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etib, ovoz berish kuni u Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida boʻlganini, saylovchilarning koʻpligini, ularning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi.
D. Tashmuxamedova Eva Ernst-Dzedzichga Oʻzbekistonda Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslangan Oʻzbekiston-Avstriya munosabatlari ijobiy dinamika namoyon etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, taʼlim, iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalariga ham eʼtibor qaratdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi
Joriy yil 10-iyulda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova Avstriya Parlamenti Milliy kengashi deputati, “Avstriya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Eva Ernst-Dzedzich bilan uchrashdi.
“Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida
- "Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q" — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
- Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi
- Sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi
- Toshkent viloyati xalq qabulxonasi: sun’iy intellekt fuqarolarga huquqiy maslahat beryapti
- O‘zbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi