Murojaatda taʼkidlanishicha, yurtimizda ajdodlar xotirasini yod etish, ularning qoʻnim topgan maskanlarini obod saqlash azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda soʻnggi yillarda muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

Xususan, Imom Buxoriy majmuasi atrofida amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari misol sifatida keltirildi.

Ulamolar kengashi qabr ziyorati insonni oxiratni eslashga, hayotning oʻtkinchiligi anglashga va yaxshi amallar qilishga undashini taʼkidladi. Shu munosabat bilan qabristonlarni doimo pok, tartibli va obod saqlash muhim ekani qayd etildi.

Murojaatda ayrim joylarda qabristonlarning qarovsiz qolishi, qurib qolgan oʻt-oʻlanlar tozalanmasligi va yoylaklarning taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani tanqid qilingan. Bu holat marhumlar xotirasiga nisbatan befarqlik sifatida baholangan.

Shu munosabat bilan «Qabristonlarni obod qilish dolzarb oyligi» tashabbusi ilgari surildi. Unda mahalla faollari, nuroni ylar, imom-xatiblar va ziёlilar ushbu xayrli ishni qoʻllab-quvvatlashga chaqirildi.

Ulamolar kengashi tomonidan belgilangan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • qabristonlarda tozal ik va obodonlashtirish ishlarini doimiy yoʻlga qoʻyish;
  • juma mavʼizalari orqali aholiga poklik va qabristonlarni asrashning diniy ahamiyatini tushuntirish;
  • ziyoratgohlarga rayhon va xushboʻy oʻsimliklar ekish;
  • yoshlar oʻrtasida ajdodlar xotirasiga hurmat tuygʻusini kuchaytirish;
  • ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, yoʻlaklarni taʼmirlash va ziyorat odoblari haqida peshlavhalar oʻrnatish.

Murojaat yakunida qabristonlarni obod qilish nafaqat maʼmuriy vazifa, balki chuqur maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega umumjamiyat masʼuliyati ekani taʼkidlandi. Ulamolar kengashi barcha yurtdoshlarni ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chaqirdi.