Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qatar Amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faol saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Oʻzbekiston – Qatar strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish masalalari muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi samarali muloqot va almashinuvlar faollashayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Telefon suhbati chogʻida siyosiy muloqot hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy loyihalarni jadallashtirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.