Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida yuqori surʼat bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida eʼtirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini olqishladilar.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.