Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi, jumladan:
– Mehnat mobilligi va migratsiyasi toʻgʻrisida;
– Avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisida;
– Hududlararo hamkorlik toʻgʻrisida;
– Qishloq va suv xoʻjaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida;
– Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida;
– Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Oʻrta yo‘lakni qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Temir yoʻl infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qoʻshma filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida;
– 2026-2028-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;
– Mehnat xavfsizligi va sogʻliqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom oʻlkasi oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida.