Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2016 yilda oʻrtacha oylik pensiya miqdori 494,2 ming soʻm bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu koʻrsatkich izchil oʻsib, 2025 yilda 1 million 649,2 ming soʻmga yetgan.
Oʻrtacha oylik pensiya miqdori yillar kesimida:
- 2016 yil — 494,2 ming soʻm
- 2017 yil — 556,8 ming soʻm
- 2018 yil — 640,5 ming soʻm
- 2019 yil — 733,2 ming soʻm
- 2020 yil — 848,5 ming soʻm
- 2021 yil — 963,6 ming soʻm
- 2022 yil — 1 million 80,8 ming soʻm
- 2023 yil — 1 million 234,5 ming soʻm
- 2024 yil — 1 million 495,6 ming soʻm
- 2025 yil — 1 million 649,2 ming soʻm
Shu tariqa, soʻnggi oʻn yilda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik pensiya miqdori 1 million 155 ming soʻmga, yaʼni qariyb 3,3 baravarga oshgan.