Tanlovning rasmiy natijalariga koʻra, professor Ozoda Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan “Motocognition” innovatsion ishlanmasi oltin medalga munosib deb topilgan.

KIWIE — turli mamlakatlardan xotin-qiz ixtirochi va innovatsiyachilarni birlashtiruvchi xalqaro tanlovlardan biri boʻlib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion gʻoyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.

Mazkur natija olimaning ilmiy-ijodiy va innovatsion faoliyatidagi muhim yutuqlardan biri boʻlish bilan birga, Oʻzbekistonning, xususan, Namangan viloyatining ilmiy-innovatsion salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etadi.

Taʼkidlanishicha, bunday yutuqlar yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishini oshirish, ularni yangi gʻoyalar va istiqbolli loyihalar ustida izlanishga ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.