Xavf quyidagi hududlarda prognoz qilinmoqda:

  • Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
  • Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlar;
  • Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

Mutaxassislar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planishi, pastlik joylarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.