Qanchalik qiyin boʻlmasin, biz oldimizga qoʻygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz — Prezident
Soʻng Prezidentimiz faol yoshlar bilan muloqot qildi.
Soʻng Prezidentimiz faol yoshlar bilan muloqot qildi.
Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yoʻnalish sifatida qaralishi lozimligi taʼkidlandi.
Gʻolib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan taʼminlanadi.
Tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan ishlash boʻyicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.
Farzandlarimizning maʼnaviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot gʻoyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi taʼkidlandi.
Kelgusi oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Gʻolib boʻlgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga gr...
Dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.
Ular zarur resurs va infratuzilma bilan taʼminlanadi. Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi.
Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million soʻm oylik toʻlasa, ijtimoiy soliq 1 foiz boʻladi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilgʻor muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu...
Yoshlarni kasb va tilga oʻqitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik boʻyicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion soʻm yoʻnaltir...