Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga qoʻshimcha vazifa yuklatildi
Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.
Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.
Qoraqalpogʻiston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi koʻrsatib oʻtildi.
Dunyoda nogironligi bor odamlarga toʻgʻri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shugʻullanishga faqat 22 ta turi boʻyicha tibbiy xulosa...
Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi.
Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va koʻzi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
Kasallik turidan kelib chiqib, aholiga uy sharoitida bajara oladigan oddiy mashqlarni oʻrgatish orqali ham minglab odamlar sogʻligʻini tiklash mumkinligi taʼkidlandi.
Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala nogironligi borlar bilan ishlash boʻldi.
Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin boʻladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Kambagʻal oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj. Shu bois 2025-yilda muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy s...
Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yoʻlga qoʻyiladi.
Kambagʻal oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.