Bunda kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi belgilab qoʻyildi:

•fukarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oraligʻida ijtimoiy masofani taʼminlagan holda joylashtirish;

•xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

•har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 S va undan yuqori boʻlgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda obyektga kiritmaslik choralarini koʻrish;

•har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qoʻyildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.