Raqobat qömitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning Özbekiston Respublikasining "Reklama töğrisida"gi Qonuni talablariga muvofiqligi ustidan monitoring işlari izçil davom ettirilmoqda.

Xususan, Qömita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger röyxati şakllantirilib, ularning sahifalarida joylaştirilayotgan reklama materiallari kunlik tartibda monitoring qilib borilmoqda.

Monitoring natijalariga köra, 12 nafar bloger tomonidan reklama qonunçiligi talablariga zid bölgan reklama axborotlari joylaştirilgani aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik çoralari qöllanildi.

Şuningdek, respublikada keng jamoatçilikka tanilgan qöşiqçilar, aktyor va aktrisalar hamda sportçilarning röyxati şakllantirilib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid çiqişlari ham muntazam monitoring qilib borilmoqda.