Joriy yil 23-iyun holatiga konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan va 2025-yilda ushbu faoliyatdan olgan daromadlari bo‘yicha 1 680 nafar xonandalar soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Jami yillik deklaratsiya asosida 9 033 mln so‘m daromad ko‘rsatilib, shundan soliqqa tortiladigan daromad 7 727,1 mln so‘mdan 879,6 mln so‘m daromad solig‘i hisoblandi.
Shundan:
I - Reyting guruhida 48 nafari 1 527,8 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 1 205,1 mln so‘mdan 144,6 mln so‘m daromad solig‘i;
II - Reyting guruhida 125 nafari 1 134,7 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 912,5 mln so‘mdan 105,9 mln so‘m daromad solig‘i;
III - Reyting guruhida 1 507 nafari 6 370,6 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 5 609,5 mln so‘mdan 629,1 mln so‘m daromad solig‘i hisoblandi.
Taqdim etilgan 1 680 ta jami yillik deklaratsiya bo‘yicha bugungi kunga 938 nafarida 424,9 mln so‘m soliq qarzi mavjud.
Jumladan:
I - Reyting guruhida 24 nafarida 49,8 mln so‘m;
II - Reyting guruhida 61 nafarida 32,9 mln so‘m;
III - Reyting guruhida 853 nafarida 342,2 mln so‘m soliq qarzi mavjud.
To‘lov muddati — 01.06.2026-yil.
Soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, soliq organi soliq summasini o‘zidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan, hisoblangan soliq summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddatda to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya yoki to‘g‘rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.