Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Jahon chempionatida g‘olib chiqqan jamoa 50 million dollar oladi. Finalda mag‘lub bo‘lgan jamoa 33 million dollar oladi.

Bronza medalini qo‘lga kiritgan jamoa 29 million dollar, to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa esa 27 million dollar oladi.

Turnirda quyi o‘rinlarni egallagan jamoalar uchun ham mukofotlar mavjud:

5-8 o‘rinlar – 19 million dollar;

9-16 o‘rinlar – 15 million dollar;

17-32 o‘rinlar – 11 million dollar;

33-48 o‘rinlar – 9 million dollar.

Bundan tashqari, FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 48 jamoaning har biriga tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun 1,5 million dollar ajratadi.

2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatiga nisbatan mukofot jamg‘armasi oshirildi, deb xabar berdi Kazinform.

Masalan, 2022-yilgi Jahon chempionati chempioni Argentina FIFAdan 42 million dollar oldi. Finalga chiqqan Fransiya terma jamoasiga 30 million dollar to‘landi.

Bronza medalini qo‘lga kiritgan Xorvatiya terma jamoasi 27 million dollar, to‘rtinchi o‘rinni egallagan Marokash terma jamoasi esa 25 million dollar oldi.