Eng katta o‘sish Farg‘ona viloyatida (13 %), Toshkent shahrida (7 %), Xorazm (4 %) va Namanganda (4 %) kuzatilgan.
Hisobot davrida ayrim tashkilot va idoralar tomonidan sayyor va shaxsiy qabullar samarali tashkil etilmagani, ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmagani, murojaatlarga e’tiborsizlik va sansalorlik holatlari davlat xizmatchilari xatti-harakatlari bo‘yicha e’tirozlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishda 37,7 mingta murojaat kelgan bo‘lib, eng ko‘p shikoyat:
mahalla raislari (4744 ta);
ichki ishlar organlari sohaviy xodimlari (3765 ta);
sog‘liqni saqlash (3248 ta);
MIB xodimlari (3192 ta);
profilaktika inspektorlari (2634 ta);
bank xodimlari (2037 ta);
ta’lim sohasi xodimlari (1953 ta);
sudyalar va sud xodimlari (1546 ta);
ijtimoiy xodimlar (1470 ta);
kadastr xodimlari (1 218 ta) xatti-harakatlari bo‘yicha tushgan.