“Siti” futbolchilari ingliz klubi taklif qilgan shartlarni qabul qilishgan.

Husanov 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga o‘tgandi. Shartnoma 4,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2029-yil yakuniga yetishi kerak edi. Abduqodir avvalgi mavsumda “Manchester Siti” safida Premyer-ligada 21 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Doku 2023-yildan beri “Siti”da o‘ynaydi. Oʻtgan mavsumda Premyer-ligada 30 ta oʻyinda u beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.