Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi milliy jamoamiz uchun mazkur bahs tarkib imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va navbatdagi xalqaro uchrashuvlar oldidan tayyorgarlikni kuchaytirish imkonini beradi.
O‘zbekiston va Eron qarama-qarshiligi so‘nggi yillarda Osiyo futbolidagi qiziqarli to‘qnashuvlardan biriga aylanib ulgurdi. Ikki jamoaning o‘zaro bahslari yuqori kurash va murosasiz futbol bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston — Eron
24-sentabr: 19:00
“Istiqlol” stadioni, Farg‘ona