Ruxsatnomani quyidagi usullarda olish mumkin:

  • my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali. Buning uchun “Fanlar majmuasi” sahifasiga kirib, yuqori qismida joylashgan “Abituriyent ruxsatnomasi” boʻlimidan hujjatni yuklab olish mumkin.
  • Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirmasdan ham maxsus sahifa orqali pasport (yoki ID-karta) seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda ruxsatnomani olish imkoniyati mavjud.

Abituriyentlar test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.

Masʼullar ogohlantirishicha, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, test sinoviga kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi.