Musobaqa davomida yuksak mahorat, matonat va barqaror o‘yin namoyish etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahadjon Kimsanboyev hal qiluvchi bahslarda ham ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Ushbu tarixiy natija nafaqat sportchimizning fidokorona mehnati va mahorati, balki O‘zbekiston para shaxmati rivojida erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etiladi.