Prezidentning “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga köra, oilalarning ehtiyojmandligini aniqlaşda jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad mezoni oşiriladi.
Jumladan, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli böyiça kompensatsiya tayinlaşda mazkur mezon minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan 2 barobarigaça oşiriladi.
Kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam ajratişda ham daromad mezoni 1 barobardan 2 barobargaça kötariladi.
Şuningdek, «Saxovat va kömak» jamğarmasi mablağlari hisobidan kommunal xarajatlarni qoplaş, kommunal tölovlar böyiça qarzdorlikni bartaraf etiş hamda kömir yoki boşqa yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş xarajatlarini qoplaşda ham uşbu mezon 1 barobardan 2 barobargaça oşiriladi.
Bundan taşqari, aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli böyiça bazaviy meʼyor doirasidagi tariflar bilan meʼyordan ortiq isteʼmol uçun belgilangan tariflar örtasidagi farqni kompensatsiya qiliş muddati 2028-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.
Kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam tölaş muddati esa 2029-yil 1-yanvarga qadar davom etadi.