Bu haqda «Hududgaztaʼminot» aksiyadorlik jamiyati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda jamiyat tomonidan respublika böyiça 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
Sohada qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş, suyultirilgan gazning noqonuniy sotilişi hamda talon-toroj qilinişining oldini oliş maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, 2025-yil va 2026-yilning dastlabki töqqiz oyi davomida 3 mingdan ortiq tösatdan tekşiruv va reyd ötkazilib, jami 1 217 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Şu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotişga ixtisoslaşgan 471 ta «bunker» aniqlanib, ularning faoliyatiga çek qöyilgan.
Körilgan çoralar natijasida qiymati taxminan 2 milliard söm bölgan 193,6 tonna suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati 8,7 milliard sömlik 17 301 dona maişiy gaz ballonining noqonuniy sotilişi oldi olingan.
Şuningdek, 2026-yilning töqqiz oyida ötkazilgan xizmat tekşiruvlari davomida 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maişiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holatlarga huquqiy baho beriş uçun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan. Ular asosida 19 ta jinoyat işi qözğatilgan.
Jamiyat maʼlumotiga köra, ayni paytda ham komplayens-nazorat tuzilmalari tomonidan tekşiruv va reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Fuqarolar suyultirilgan gazning noqonuniy sotilişi yoki boşqa qonunbuzarlik holatlari haqida «Hududgaztaʼminot» AJning 1104 qisqa raqami, (71) 202-11-04 işonç telefoni yoki antikorruptsiya@hududgaz.uz elektron manzili orqali xabar berişlari mumkin.