Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarğabay oʻgʻli tavalludiga 200 yil toʻladi.

Prezidentimiz shoirning «Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, oʻzim dema gʻamxoʻrlik qil xalq uchun» degan hikmatli soʻzlari bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini taʼkidladi.

Ulugʻ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini oʻrganish, raqaml ashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

Kelgusi yili Berdaq Qarğabay oʻgʻli tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildiril d i.

Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.

Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpogʻiston faollari bilan muloqot qilindi.

Yigʻilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi koʻp yillik samarali mehnati, Qoraqalpogʻistonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini taʼminlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbaevga Prezidentimiz tomonidan «general mayor» maxsus unvoni berildi.