Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga asosan, voqea joyiga 3 ta qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan yetib bordi. Yong‘in soat 07:48 da qurshab olinib, soat 08:15 da to‘liq o‘chirildi.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 ta kiyim-kechak savdo do‘konining taxminan 35 kvadrat metr maydoni yong‘indan zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.