Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Koʻngillar suv ichar, soʻzlarim - qayroq.
Togʻlaru bogʻlarning dingdir qulogʻi,
Qoʻl silkir quyosh ham - eng koʻhna bayroq...
Koʻpirib-toshadi tomirlarda qon,
Uygʻonib Alpomish otiga minar.
Nafasim boʻgʻzimga tiqilar shu on,
Eng qattol dushmanim - mudroqlik sinar...
Bayroq boʻlgim kelar bayroqqa boqib,
Bayroq boʻlishgan-ku Toʻmaris, Shiroq.
Ozodlik darsiga qoʻngʻiroq qoqib,
Jaloliddin kelar qoʻlida chiroq...
Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,
Bayrogʻi boʻlmasa barchasi bekor.
Gʻaflatda yotmagay ozod fuqaro,
Chin bayroq uxlamas - hilpirar bedor...
Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Soʻnggi soʻzim budir: bayroq - muallim.
Paxta chanogʻiyu bugʻdoy boshogʻi,
Shunday boʻlsin deya boqib turar jim...
... Birdan potrab ketar tegramda qushlar,
Xonishlari tutar moviy osmonni.
Dunyo qoʻllarimdan mahkamroq ushlar,
Unga bayroq qilgum Oʻzbekistonni!
Muhammad VALI.
BAYROQ
.
Aldovlarga ishonib, pushaymon bo‘lmang!
- Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Oʻzbekistonda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi eʼlon qilindi
- Volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilarni “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatchilik guruhlariga jalb etish tartibi belgilandi
- Xonadonlarni maishiy gaz balloni bilan taʼminlash tartibi belgilandi
- Samarqandda global forum: narkotahdidlarga qarshi xalqaro hamkorlik mustahkamlanadi
Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
- Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Venesuela bilan o‘ynaydi
- Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida