Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Koʻngillar suv ichar, soʻzlarim - qayroq.
Togʻlaru bogʻlarning dingdir qulogʻi,
Qoʻl silkir quyosh ham - eng koʻhna bayroq...
Koʻpirib-toshadi tomirlarda qon,
Uygʻonib Alpomish otiga minar.
Nafasim boʻgʻzimga tiqilar shu on,
Eng qattol dushmanim - mudroqlik sinar...
Bayroq boʻlgim kelar bayroqqa boqib,
Bayroq boʻlishgan-ku Toʻmaris, Shiroq.
Ozodlik darsiga qoʻngʻiroq qoqib,
Jaloliddin kelar qoʻlida chiroq...
Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,
Bayrogʻi boʻlmasa barchasi bekor.
Gʻaflatda yotmagay ozod fuqaro,
Chin bayroq uxlamas - hilpirar bedor...
Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Soʻnggi soʻzim budir: bayroq - muallim.
Paxta chanogʻiyu bugʻdoy boshogʻi,
Shunday boʻlsin deya boqib turar jim...
... Birdan potrab ketar tegramda qushlar,
Xonishlari tutar moviy osmonni.
Dunyo qoʻllarimdan mahkamroq ushlar,
Unga bayroq qilgum Oʻzbekistonni!
Muhammad VALI.
BAYROQ
.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi Hadson instituti prezidenti bilan uçraşdi
- Energetika vazirligi gaz taʼminotidagi uzilişlar uçun aholidan uzr söradi
- Şavkat Mirziyoyev The muslim 500 reytingida dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni qatoridan joy oldi
- Toşkentda xalqaro kiberjinoiy guruhlar foş etildi: 72 nafar şaxs uşlandi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Toşkentda beşta kanal böyi sayilgohlarga aylantirilmoqda
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi