Qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasining madaniyat masalalari bo'yicha bosh direktori Lui Monreal, jamg'armaning madaniyat masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari She'roz Allibxay, Og'a Xon jamg'armasining Afg'onistondagi madaniyat bo'yicha Bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdik, deb yozmoqda Saida Mirziyoeva.
⠀
Qayd etilishicha, suhbatning asosiy mavzusi — Og'a Xon jamg'armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo'yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo'lgan.
⠀
Og'a Xon jamg'armasining madaniy meros ob'ektlarini asrab-avaylash bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O'zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo'yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
⠀
Mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakatimiz va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir, deb xabar qoldirgan Saida Mirziyoeva.
Bibixonim va Kalon majmuasining restavratsiyasi bo'yicha muzokara olib borilmoqda
Saida Mirziyoeva qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston va BAA Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l yo‘nalishini ishlab chiqadi
- Andijon va Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
- Iste’dodlar qadrlangan yurtda g‘alabalar bardavom
- Dorilamon kunlar saodati
- Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi
- 1–2-oktabr kunlari Samarqandda Osiyo konstitutsiyaviy sudlarining VII Kongressi bo‘lib o‘tadi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda