Hodisa 4-may kuni Belu-Orizonti shahrida sodir bo‘lgan. Samolyot uch qavatli binoga urilib, keyin avtoturargohga qulab tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, uchuvchi halokatdan oldin dispetcherlarga murojaat qilib, uchish paytida muammolar haqida xabar bergan. Samolyot bortida besh kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki uchuvchi shu zahoti halok bo‘ldi va yana uch nafari jarohat oldi. Ulardan birining ahvoli og‘ir deb baholandi, keyinchalik shifoxonada vafot etdi. Politsiya halokat tafsilotlarini tekshirmoqda, deb xabar berdi kazinform.