Metallurgiya sanoat ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan davlatlarda iqtisodiyotning hal
qiluvchi tarmog'i hisoblanadi. Aynan metallurgiya boshqa sohalarga ham global bozorda
ustuvorlik qilishga, xususan sifatli prokat ishlab chiqarishga ko'maklashadi.
So'nggi yillarda respublikamizda metallurgiya sanoati tobora rivojlanib bormoqda. Sohaga
yangi va ilg'or innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy investitsiyalar keng qo'llanilmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda joriy yilning yanvar`-iyun` oylarida 755,9 mln.
AQSH dollarlik 191,4 ming tonna metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
– Toshkent metallurgiya zavodi mamlakatimizdagi texnik va texnologik jihatdan xalqaro
miqyosdagi yirik majmualar qatoriga kiradi, – “Sirg'ali” TIF bojxona posti xodimi Aziz
Mansurov. – Bu yerda Italiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Shveytsariya, Janubiy Koreya kabi 27 ta
mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib o'rnatilgan. Ishlab chiqarish, nazorat qilish va boshqarish
jarayonlari avtomatlashtirilgan. Zavodda 650 dan ortiq xodimlar mehnat qiladi.
Eng muhimi, zavodda “yashil” texnologiyalar qo'llangan. Chiqindilarni qisqartirib, qat'iy
ekologik me'yorlarga amal qiladigan, chiqindi gazlarni ushlab qoladigan, oqova suvlarni
tozalaydigan va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan.
Zavod tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg'ali”
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali xorij bozorlariga yo'naltiriladi.
Bojxona posti xodimlari eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda korxona vakillariga
amaliy yordam berib kelishmoqda.
Ma'lumot o'rnida, zavodda o'rnatilgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar yordamida joriy
yilning o'tgan davrida 3,7 mln.dollarlik 3 ming tonnadan ortiq metallurgiya sanoati
mahsulotlari eksport qilindi.
Mazkur ko'rsatkichning asosiy qismi Afg'oniston, Rosssiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston
davlatlari hisobiga to'g'ri kelmoqda.
Bojxonachilar mamlakatimizning eksport salohiyatiga munosib hissa qo'shmoqda
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar xalqimizning farovon hayot kechirishi, bugungi kunidan rozi bo'lib, ertangi kuniga yanada katta ishonch paydo bo'lishiga xizmat qiladi.
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
- Olimlar “super El-Nino” haqida ogohlantirmoqda
- Sentabrda 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi
- Toshkentda Fargʻona yoʻli koʻchasidagi avtobus yoʻlaklariga nazorat kamerasi oʻrnatildi
- Oʻzbekiston va Gruziya tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
- Xitoylik olimlar Mars sharoitiga chidamli o‘simlik turini topishdi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida