Jamshid Sharopov 1984 yil 27 yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi.
U mehnat faoliyatini 2002 yilda «Paxta bank» ATning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlagan.
Sharopov 2014–2020 yillarda «Agrobank» ATB Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 2020–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2021–2023 yillarda Shofirkon tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
2023–2026 yillarda «Agrobank» ATB agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Jamshid Sharopov «Agrobank» ATB muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.