“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komlayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Buxoro shahrining “Turki Jandiy” mahallasi Barakiyon koʻchasida joylashgan novvoyxonada xatlov oʻtkazilganda, tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan oldin plastik quvur orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olish holati aniqlandi. Dalolatnoma rasmiylashtirilib, 783 million 238 ming soʻm miqdorida zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Qorakoʻl tumanining “Tashabbus” MFYda yashovchi fuqaro A.M.ning xonadoni oʻrganilganida, isteʼmolchi vizual aniqlab boʻlmaydigan yoʻllar bilan rezina shlang orqali tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanayotgani maʼlum boʻldi. Qayta hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 260 million 172 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Har ikki holat rasmiylashtirilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillariga topshirildi.