“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Vobkent tumanida reyd tadbirlari olib borildi. Jarayonlarda hududning Kosari qishlog’ida joylashgan “J.R” nomi ostidagi oilaviy korxonaning tabiiy gaz iste’moli ko’zdan kechirilganida, texnik hujjatlarsiz, shartnomasiz tabiiy gazdan foydalanganligi aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 794 mln soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.