Aeroportni şahar markazi bilan boğlaş uçun 24 kilometrli avtomobil yöli barpo etiladi. Şuningdek, avtobuslar uçun 5,5 kilometrli BRT yölagini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yölni Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvçilar uçun qulaylik yaratişi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirişi taʼkidlandi.

Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga töğridan-töğri qatnovlarni yölga qöymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş topşirildi.