Tadbir davomida Qorakoʻl tumanida yashovchi uch nafar fuqaro tomonidan toʻrlar yordamida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi.
Ulardan 342 dona zogoʻra baliq, shuningdek Turkiston moʻylovdori (Qizil kitobga kiritilgan)dan 2 dona ovlangani maʼlum boʻldi. Shuningdek, 3 dona kulrang gʻoz tuxumi ham topilgan.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, mazkur holat oqibatida tabiatga 717 million soʻm zarar yetkazilgan. Daliliy ashyo sifatida 344 dona baliq va taqiqlangan ov vositalari musodara qilindi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.