Dastlab 21-iyunda Chimkent shahrida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Qozogʻiston Respublikasi sanoatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Chimkent shahar hokimi oʻrinbosari bilan tor doiradagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, mahalliy korxonalarimizning ishlab chiqarish hajmlarini Qozogʻiston hududida kengaytirish, jumladan Chimkent va Turkiston hududlarida tashkil etilayotgan maxsus industrial zonalarga Oʻzbekiston korxonalarini jalb etish masalasi muhokama etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston korxonalari uchun Qozogʻistonda alohida dastur qabul qilinishi, tadbirkorlarga yaratib beriladigan bir qator imtiyozlar va preferensiyalar haqida taqdimot oʻtkazildi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston va Qozogʻiston korxonalari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv hamda G2B va V2V uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy tadbirkorlarimizga Qozogʻistonda tashkil etilgan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali ishlab chiqaruvchilarga asbob-uskunalar xarid qilish va qurilish-montaj ishlari uchun yillik 3 foiz ustama bilan 10 yil muddatga (milliy valyuta “tenge”da) kredit mablagʻlari ajratilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi. Qozogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish milliy loyihasi doirasida tadbirkorlarga aylanma mablagʻni toʻldirish uchun yiliga 7 foiz ustama bilan 3 yil muddatga (milliy valyuta “tenge”da) kredit mablagʻlari ajratilishiga qaratilgan taqdimot oʻtkazildi.
Muloqotda Qozogʻiston industriya va eksport markazi tomonidan 14 ta maxsus iqtisodiy zona va 36 ta industrial zonalarda yaratilgan sharoitlar va qoʻllaniladigan imtiyozlar, jumladan korporativ daromad soligʻi, mulk soligʻi, mahsulot realizatsiyasidagi QQS, importdagi QQS, yer soligʻi “nol” stavkada qoʻllanilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Oʻz navbatida Oʻzbekistonda charm-poyabzal va toʻqimachilik sohalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlar asosida doimiy qoʻllab-quvvatlanayotganligi, yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida sohalar boʻyicha rivojlanish strategiyalari Qozogʻiston tadbirkorlari uchun taqdimot oʻtkazildi.
22-iyunda esa Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiston viloyatiga tashrif buyurib, industrial zonalardagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Qozogʻistonga sarmoya kiritish niyatida boʻlgan tadbirkorlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Natijada charm-poyabzal va toʻqimachilik sohalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy korxonalardan “Peng Sheng” QK, “KFK”, “Saxovat teks”, “Grand Fayz Baraka” MCHJ korxonalari tomonidan Oʻzbekistondagi ishlab chiqarishni kengaytirish va ikki tomonlama kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida Qozogʻistonda paxta yetishtirish, poyabzal ishlab chiqarish uchun poyabzal tag qismlarini quyish, teri yigʻish va uni qayta ishlash kabi takliflar muhokama etilib kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.
Charmsanoat sohasida Qozogʻiston bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi
Joriy yil 21-22-iyun kunlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda unga aʼzo 40 ta korxonadan iborat delegatsiya biznes-missiya bilan Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahri va Turkiston viloyatiga tashrif buyurdi.
Andijonda tozalash inshootidagi baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar xodim vafot etdi
- Qamashida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi
- Kadastr agentligida tayinlovlar amalga oshirildi
- Singapurda beshta funksiyaga ega kichik jarrohlik roboti ishlab chiqildi
- O‘zbekistonlik farmatsevtlar Qatarga ishga taklif etilmoqda: oylik maosh 2000 dollargacha
- Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati belgilandi
Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi