Eslatib o‘tamiz, voqea 2-sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan. Katerda sayr qilish paytida oila a’zolaridan biri cho‘milish uchun suvga tushgan. Qutqaruv nimchasi bo‘lmagani uchun u cho‘kkan va unga yordam berish maqsadida akasi va otasi ham suvga tushishgan. Oqibatda uchalasi ham cho‘kib ketishgan. Kichik o‘g‘lining jasadi kecha, 9-sentyabr kuni soat 13:02 da FVV g‘avvoslari tomonidan topilgan.

 Bugun soat 12:07 da FVV qutqaruvchilari ikkinchi cho‘kib ketgan ukasining jasadini topishdi. Otaning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.