Toshkent metropoliteni DUK ijtimoiy tarmoqlardagi “Chorsu” metro bekatiga suv to‘lgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirarkan, bekatdagi toshqin sabablari haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, metropoliten inshootlari doimiy texnik nazoratdan o‘tkazib boriladi. Shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va shahar hokimligiga avval ham bir necha bor rasmiy murojaatlar kiritilgan.

Hozirgi vaqtda vaziyat metropoliten xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Zarur choralar ko‘rilgan bo‘lib, bekat infratuzilmasining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash ishlari amalga oshirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda “Chorsu” metro bekatida holat to‘liq barqarorlashgan. Poezdlar harakati belgilangan jadval asosida uzluksiz davom etmoqda, bekat hududiga suv kirishi holati batamom bartaraf etilgan.

Shuningdek, bekatning ichki qismi hamda kirish-chiqish yo‘laklari to‘liq tozalanib, yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar qayta tiklangan.

Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilarga xavfsiz, barqaror va sifatli xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.