O‘zgidromet bergan ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyun kuni Qoraqalpog‘istonda, 14 iyun kuni esa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Navoiy va Buxoro viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Dam olish kunlari havo harorati ko‘pchilik hududlarda 36–38 darajagacha, cho‘l zonalarida 40 darajagacha, mamlakatning eng janubiy hududlarida esa 42 darajagacha ko‘tariladi.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi ba’zan 20–22 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Toshkent shahrida 12–14 iyun kunlari yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 36–38 darajagacha isiydi, kechalari esa 20–23 daraja atrofida bo‘ladi.