16-18-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari 22-27 daraja, shimoliy hududlarda 17-18-oktabrda kechalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja bo‘ladi.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 12-14 daraja atrofida kuzatiladi.