Davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn hamrohlik qildi.

Koʻrgazmada ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik salohiyati, togʻ-kon sanoati hamda geologiya, kimyo, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, transport va logistika, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika hamda mudofaa sanoati kabi ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan boʻlimlar tashkil etilgan.

Yetakchilarda barcha tarmoqlar boʻyicha Oʻzbekiston va Iordaniyadagi istiqbolli investitsiya loyihalari ham taqdimot qilindi. Bu ikki mamlakat investorlariga sarmoya kiritish mumkin boʻlgan manfaatli loyihalar bilan bevosita tanishish imkonini berdi.

Stendlarda mineral xomashyo va bazalt mahsulotlari, oʻgʻitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kalava ip, mato va tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari namoyish qilinmoqda.

Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qoʻshma loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berdi.

Koʻrgazma Oʻzbekiston va Iordaniyaning yetakchi korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani mustahkamlash, ilgʻor tajriba va zamonaviy texnologiyalar almashinuvini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.