Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati maʼlum qilişiça, 11-noyabr kuni eʼlon qilingan hukmga köra, 1998-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan Fazliddinxon Mehmonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 248-moddasi (öqotar qurol, öq-dorilar va boşqa xavfli vositalarning qonunga xilof muomalasi) böyiça aybli deb topilgan.

Sud hukmi bilan unga 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Şuningdek, 1991-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan Aziz Ğoipnazarov Jinoyat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan tovlamaçilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Har ikki mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaydi. Bundan taşqari, Fazliddinxon Mehmonovdan jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş belgilangan.