1. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Ya. fuqaro T.F.ga “Sog‘lom” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 30 sotix yer maydonini sotishini va go‘yoki kadastr palatasining Angren filialida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, 55 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
2. Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.M.” fermer xo‘jaligi rahbari X.M. “Qutchi” massividagi 45,6 gektar yer maydonining 2,7 gektar qismini 36 000 AQSh dollari evaziga fuqaro U.A.ning nomiga viloyat kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
3. Departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angor tumanidagi “J.Y.” fermer xo‘jaligi rahbari P.T. (muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan) “Ilg‘or” MFY hududidagi 7,7 gektar maydonini 800 mln so‘m evaziga fuqaro N.U.ga sotishini aytib, 2024-yilda 520 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, qolgan 280 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
4. Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchko‘prik tumanidagi “D.B.” fermer xo‘jaligi rahbari P.T. go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Sh.Otajonov” MMTP hududidagi 83,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonidan 39 gektarini fuqaro A.Ya.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, 23 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
5. Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.Q.” fermer xo‘jaligi rahbari A.T. fuqaro J.G‘.ning ishonchiga kirib, 360 mln so‘m evaziga fermer xo‘jaligining “Baxrin” MFY hududidagi 6 gektar yer maydonini savdo binosi qurishi uchun sotishi va hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullardan 200 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.