Bundan avval To‘qaev Erlan Karin nomzodini Qozog‘iston vitse-prezidenti lavozimiga taklif qilgan edi. Quruqtoy deputatlari uning nomzodini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi.

Vitse-prezident instituti Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi bilan joriy etilgan. Mamlakatda 15 mart kuni o‘tkazilgan umumrespublika referendumida yangi Konstitutsiya qabul qilingan va u 1 iyuldan kuchga kirgan.

Yangi Asosiy qonunga muvofiq, Senat tugatilib, bir palatali Quruqtoy tashkil etildi. Shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida vitse-prezident lavozimi joriy qilindi.

Erlan Karin 1976 yilda Turkiston viloyatining Sayram tumanida tug‘ilgan. U tarix va siyosatshunoslik sohalarida ta’lim olgan, siyosiy fanlar nomzodi hisoblanadi.

U turli yillarda Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori, «Qozog‘iston» milliy teleradiokompaniyasi rahbari, Prezident maslahatchisi, Prezident yordamchisi, Davlat kotibi va Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2026 yil 30 iyunda Erlan Karin Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.