Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:
Azatova Shaxzoda Alisher qizi - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati
Bafoyev Jaxongir Shuxrat o‘g‘li - Buxoro shahridagi «Bukhara books» xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi, Buxoro viloyati
Jalolova Mohira Sirojiddin qizi - Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi neyrojarrohi
Ziyodova Asal Isomiddin qizi - Qarshi shahridagi «Bolalar akademiyasi» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Istamtoshev Sulaymon Dovudovich - Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
Soloxiddinov Qobiljon Komil o‘g‘li - Yangi Namangan tumanidagi «Qobil Jiga servis» avtoservisi rahbari, Namangan viloyati
Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi - Pastdarg‘om tumanidagi «Kaja Games» milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi, Samarqand viloyati
Raximberdiyev Temur Abbos o‘g‘li - Yangiyer shahridagi «Sesosino newenergy technology» xususiy korxonasi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati
Abduxoliqov Akmal Qahramonovich - Angor tumanidagi «Aka-uka oltin yerlari» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori, Toshkent viloyati
Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘li - Farg‘ona shahridagi «TruDispatch» xususiy logistika korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Rahimova Sevinch Hamroyevna - Karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati
Mirfayzullayeva Azizaoy Maxmudjon qizi - Sergeli tumanidagi «Farog‘atli» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri
Aslonova Laylo Olimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi
Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li - «Tahrirchi» sun’iy intellekt platformasi asoschisi
Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi - Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Mustayeva Sabina Ruslanovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Safolov Firuzjon Rasuljonovich - «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-321» havo kemasi uchuvchisi
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev