Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

Kasimjanov Rustam Mashrukovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Sindarov Komil Oydinovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi

Talipov Rashid Azatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi

 

“Mardlik” ordeni bilan

Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kakishova  Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Azizov Komiljon Ikromovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

Djumayev Baxtiyor Melikulovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi

Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  

Sh.Mirziyoyev