Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi X.D. (muqaddam sudlangan) Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun fuqaro X.O.ga ajratib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.