Yigʻin doirasida terma jamoa uchta xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston 24-sentyabr kuni Eron, 1-oktyabr kuni Suriya va 6-oktyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro mazkur yigʻin uchun quyidagi futbolchilarni jalb qildi:
Darvozabonlar:
- Abduvohid Neʼmatov — “Nasaf”
- Vladimir Nazarov — “Paxtakor”
- Edem Nemanov — “Dinamo Samarqand”
- Samandar Murodboyev — “Nasaf”
Himoyachilar:
- Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” (Angliya)
- Nurmuhammad Abdugʻaniyev — “Neftchi”
- Muhammadrasul Abdumajidov — “Paxtakor”
- Mahmudjon Mahamadjonov — “Dinamo Maxachqala” (Rossiya)
- Muhammad Hakimov — “Bunyodkor”
- Xojiakbar Alijonov — “Paxtakor”
- Sherzod Nasrullayev — “Paxtakor”
- Behruzjon Karimov — “Lugano” (Shveysariya)
- Gʻiyosjon Rizaqulov — “Qizilqum”
- Jahongir Oʻrozov — “Rubin” (Rossiya)
Yarim himoyachilar:
- Umarali Rahmonaliyev — “Sabah” (Ozarbayjon)
- Dostonbek Hamdamov — “Paxtakor”
- Akmal Mozgovoy — “Paxtakor”
- Azizjon Gʻaniyev — “Baniyas” (BAA)
- Odiljon Hamrobekov — “Traktor” (Eron)
- Abbos Fayzullayev — “Boshakshexir” (Turkiya)
- Jasur Jaloliddinov — “Navbahor”
- Ruslan Jiyanov — “Navbahor”
- Sardor Bahromov — “Nasaf”
- Sherzod Esanov — “Buxoro”
- Aziz Xolmurodov — “OKMK”
- Azizbek Toʻlqinbekov — “Bunyodkor”
- Behruz Oʻktamov — “Surxon”
- Diyor Xolmatov — “Navbahor”
Hujumchilar:
- Eldor Shomurodov — “Boshakshexir” (Turkiya)
- Azizbek Amonov — “Dinamo”
- Husayn Norchayev — “Navbahor”
- Muhammadali Oʻrinboyev — “Antverpen” (Belgiya)
Shuningdek, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining 5 nafar futbolchisi ham milliy terma jamoa yigʻini uchun qaydnomaga kiritilgan. Biroq ular ayni paytda Yaponiyada oʻtkazilayotgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgani sababli yigʻinda qatnashmaydi.
Maʼlumot uchun, milliy terma jamoaning Eronga qarshi uchrashuvi 24-sentyabr kuni Fargʻonadagi “Istiqlol” stadionida, Suriyaga qarshi bahs 1-oktyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladi. Janubiy Koreyaga qarshi oʻyin esa 6-oktyabr kuni mehmonda boʻlib oʻtadi.