Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 30-aprel kuni O‘zbekiston tumanida joylashgan markaziy stadionida, ushbu tumanining “Yaypan Fergana” hamda Toshkent viloyati G‘azalkent tumanining “G‘azalkent” jamoalari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tgan.
Musobaqa yakunida ayrim tomoshabinlar bosh hakamning qaroridan norozi bo‘lishib, stadionga tushishgan. Holat xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan bartaraf qilingan. Hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda tuman IIB tomonidan jamoat tartibini buzilishiga olib kelgan mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.