Germaniya banki delegatsiyasi “Oʻzbeknenftgaz” AJda ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar, transformatsiya jarayonlari, iqtisodiy barqarorlikka erishish borasida tatbiq etilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, xorijiy bank tomonidan kredit loyihalari riskini hisobga olish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan sindikatlashgan kredit loyihasining joriy holati va “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan xalqaro moliya bozoriga joylashtirilgan yevrobondlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar berildi.
Ayni paytda “Deutsche Bank AG” tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan axborot almashish tezkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida elektron platforma yaratish boʻyicha konsepsiya loyihasi tayyorlanyapti. Kelgusida ushbu platforma Oʻzbekiston investitsiya bozori jozibadorligini oshirish va sarmoyadorlarni jalb etish, bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlarni muhokama etish maydoniga aylanadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot oʻrnida: “Deutsche Bank AG” aktivlari boʻyicha Germaniyadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. Valyuta bozorining asosiy ishtirokchisi boʻlgan bank dunyoning 59 davlatidagi filial va vakolatxonalari orqali 28 million mijozga xizmat koʻrsatib kelyapti.
Germaniya banki bilan axborot almashish uchun elektron platforma yaratiladi
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Germaniyaning “Deutsche Bank AG” vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
- Korruptsiya uchun sudlanganlar elektron reyestrga kiritiladi
- Jigar saratoni xavfini oshiruvchi ichimliklar aniqlandi
- Yangi Buxoro aeroportini qurish va boshqarish boʻyicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi
- AQSh-Eron kelishuvidan keyin neft narxi pasaydi
- Toshkentda maktab o‘quvchisi avtomobil boshqarib, avtobus bilan to‘qnashdi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
- Kichik biznes oʻsishi uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi