Joriy yilning yanvar-iyul oylarida umumiy inflyatsiya 3,2 foizni tashkil etgan. Bu davrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 4,2 foizga, xizmatlar esa 4,6 foizga qimmatlagan.

Infografikaga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida umumiy inflyatsiya 4,9 foiz, 2025 yilning shu davrida 4 foiz bo‘lgan. 2026 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 3,2 foizga tushgan.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-iyul oylarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridagi inflyatsiya o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan yuqoriroq shakllangan.

Xizmatlar guruhida inflyatsiyaning sezilarli pasayishi esa, asosan, yuqori baza ta’sirlarining chiqib ketishi bilan izohlangan.